10-iyun soat 18:00dan 11-iyun soat 10:00gacha O‘zbekistonda 5-6 balli geomagnit bo‘roni yuz beradi
Geomagnit bo‘roni yuzaga kelganda amal qilish lozim bo‘lgan tavsiyalar bilan tanishing
Gidreometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognoz sharhlari, tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, Telegramdagi “Uzb_Meteo” blogi asoschisi Erkin Ikramovich respublikamiz bo‘ylab 10-iyun kuni soat 18:00dan 11-iyun kuni soat 10:00gacha geomagnit bo‘roni yuz berishi mumkinligini prognoz qilgan. Prognozga ko‘ra, 10-iyun kuni soat 20:00-24:00 oralig‘ida geomagnit bo‘roni darajasi shkala bo‘yicha 6 balga tenglashadi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoriga asosan, bu inson salomatligiga o‘rtacha ziyon keltiruvchi daraja hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi geomagnit bo‘roni yuz berganda amal qilish lozim bo‘lgan bir qator tavsiyalarni taqdim etadi:
- ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish;
- koʻproq hoʻl mevalar, shuningdek, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini koʻp boʻlgan banan va boshqa sitrus mevalardan isteʼmol qilish;
- spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish;
- yogʻli va achchiq taomlar isteʼmol qilmaslik;
- tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish;
- uyqudan oldin toza havoda sayr qilish, shuningdek, meditatsiya bilan shug‘ullanish;
- tanani ortiqcha zoʻriqtiruvchi mashgʻulotlar bilan vaqtincha shugʻullanmaslik;
- kun davomida bir necha marta dush qabul qilish;
- koʻproq suv ichib, shoʻr taomlarni kamroq isteʼmol qilish;