600 ming yevroga baholanayotgan tanga qalinligidagi ingichka soat

Italiyaning Bvlgari zargarlik brend doʻkoni dunyodagi eng ingichka mexanik soatni sotuvga chiqardi. Yangi jahon rekordini oʻrnatgan ushbu ishlanmaning qalinligi 1.7 mm. Bu qoʻl soati hozirda muomaladagi tanga koʻrinishidagi ayrim pul birliklaridan ham ingichka ekanini anglatadi.

Atigi 20 ta nusxada tayyorlangan soat ustida o‘nlab dizayner muxandislar guruhi ishladi. 1 ta soat ishlab chiqarishning oʻziga 1 haftadan koʻproq vaqt sarflanganining oʻzi uni yigʻish murakkab kechganini anglatadi.

Ushbu soatning vaqt sozlamalari ham ajoyib. Buni ko‘rish uchun soatni raqamli interfeysli maxsus qutiga joylash lozim. So‘ng bitta tugmani bosish orqali u avtomatik sozlanadi. Hozirda uning narxi 600 000 € (800 mlrd soʻm). Soatning orqa qismi valfram karbidi bilan ishlangan. Chetki va oʻrta qismi detallaridan tashqari tasmasi ham titandan boʻlgan ushbu aksessuarning orginalligini maxsus QR kodga oʻxshash data matriksi orqali tekshirish mumkin.