Isroil Hizbulloh bilan mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal qilmoqchi
Isroil milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Tzachi Hanegbi Isroil Hizbulloh bilan mojarolarni diplomatik yoʻl bilan hal qilishni afzal koʻrishini aytdi. Hanegbi kelgusi haftalarda bu masala ustida ishlashlarini bildirdi.
Isroil kelasi haftalarni Hizbulloh bilan mojaroni hal qilish uchun sarflaydi, dedi Isroil milliy xavfsizlik maslahatchisi Tzachi Hanegbi.
Isroil “Diplomatik yechimni afzal ko‘rishini ma’lum qildi”, deb yozadi Reuters.
Shuningdek, u Isroil Vashington bilan AQSh, Yevropa va baʼzi arab davlatlarining Gʻazo sektorida XAMAS boshqaruvi oʻrnini bosuvchi davlatni topish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarini muhokama qilayotganini qoʻshimcha qildi. 7-oktabrdan beri Gʻazoda 38 mingga yaqin odamning hayotiga zomin boʻlgan Isroil hujumlari davom etar ekan, Eron qoʻllab-quvvatlagan Hizbulloh bilan Isroil kuchlari oʻrtasidagi hujumlar kundan kun kuchayib bormoqda.
Soʻnggi marta, Isroil oʻtgan hafta Livan sharqidagi Al-Xayara shahrida Hizbulloh a’zolarini nishonga oldi. Hizbulloh, shuningdek, qasos sifatida Livan chegarasi yaqinidagi Isroil kazarmalariga havo hujumi uyushtirgani haqida xabar berdi.
Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant oʻtgan kungi bayonotida “G‘azo, Livan va boshqa koʻplab mintaqalarda kerak boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday harakatga tayyormiz” dedi.