Kilian Mbappe maydonga niqob taqib tushdi

Fransiya va Polsha jamoalari o’rtasida o’tgan o’yinni Fransiya jamoasi sardori Mbappe niqob taqgan holda o’tkazdi. Fransiya finalga qadar Ispaniya, Germaniya va Portugaliya bilan o‘yinlar o‘tkazishi mumkin.

Kilian Mbappe burni singanidan 8 kun o‘tib Yevropa chempionatida Polshaga qarshi o‘yin uchun Fransiyaning asosiy tarkibiga qaytdi. Fransiya terma jamoasi sardori Mbappe Dortmunddagi Vestfalen stadioinda Polshaga qarshi o‘yin uchun himoya niqobini kiyib maydonga tushdi. 

“Real Madrid”ga o‘tgan hujumchi 17-iyun kuni Fransiyaning Avstriyaga qarshi o‘yinida (1:0) burni singan va juma kuni Gollandiyaga (0:0) qarshi o‘yinda zaxirada qoldirilgandi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham dushanba kuni niqob kiyish Mbappening ko‘rish qobiliyatini cheklashini aytib o‘tgan edi. Shuningdek, faoliyatida yonoq suyagi va burni singanidan keyin himoya niqobi taqishga majbur bo‘lgan Polsha terma jamoasi sardori Robert Levandovski ham o‘z hamkasbini maydon va to‘pni ko‘rishda muammolar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Mbappe faoliyati davomida hali Yevro musobaqasida gol kirita olmagan. Mbappe Polshaga qarshi o‘yinda ilk bor Yevropa chempionatida gol urishga harakat qildi, ammo yana buning uddasidan chiqa olmadi. Fransiya 5 ochko jamg‘arib, D guruhida 2-o‘rinni egalladi va 1/8 finalga yo‘l oldi. Endilikda Fransiya terma jamoasi finalga qadar Ispaniya, Germaniya va Portugaliya bilan o‘yinlar o‘tkazishi mumkin.  

Fransiya terma jamoasi 1/8 bosqichi doirasida o‘z o‘yinini 1-iyul Toshkent vaqti bilan 21:00da o‘tkazadi, jamoaning raqibi hozircha aniq emas.