Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb qilinadi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning Haneda Turtle Service kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish boʻyicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan soʻng, texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida Oʻzbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yoʻnalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida agentlik va Haneda Turtle Service kompaniyasi oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.