Huawei yangi mahsulotini e’lon qildi – “Kelajak uyi”
Xitoyning Huawei kompaniyasi butunlay yangi mahsulot ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu smartfon ham, noutbuk ham emas, hatto mashina ham emas, balki uy! Yangi mahsulot Huawei “Future Home” deb nomlanadi va Xitoyda 15-may kuni taqdim etildi.
“Kelajak uyi” – bu 37,95 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan uy-joyning kapsula turi. Uyning o‘lchamlari 11,5 m uzunligi, 3,3 m kengligi, balandligi esa 3,2 m. Uyning og‘irligi 10 tonnani tashkil qiladi va poydevor qurishni talab qilmaydi, chunki bino oyoqlarda turadi.
Yangi mahsulot alyuminiy dekorativ qismlardan iborat bo‘lib, po‘lat konstruksiyaga ega. Panoramali derazalar va ochiq balkoni mavjud. Tartib quyidagicha: hammom, yotoqxona, oshxona bilan yashash xonasi.
“Future Home” Harmony OS operatsion tizimida ishlaydigan Huawei kompaniyasining aqlli uy tizimi bilan jihozlangan. Siz bu tizim yordamida uyga tashqaridan kelayotgan quyosh yorug‘likni, ichki iqlimni sozlashingiz va deyarli barcha maishiy texnikani, shu jumladan televizor va audio tizimni smartfon yoki yashash xonasiga o‘rnatilgan ekrandan boshqarishingiz mumkin.
“Kelajak uyi”ning narxi 399 ming yuan (55 ming AQSh dollari) bo‘ladi. Kapsula korpusi qachon va qayerda sotuvga chiqishi noma’lum. Katta ehtimol bilan, birinchi bosqichda u faqat Xitoyda mavjud bo‘ladi. Uyni o‘rnatish taxminan bir kun davom etadi.