Shvetsiya kichik kosmik kuchlar klubiga qo‘shilish arafasida

Shvetsiyadan kosmik sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi yaqin kelajakda haqiqatga aylanishi mumkin. Agar barcha g‘oya va takliflar reja bo‘yicha ketsa, 2026-yildayoq Shvetsiyaning Kirunadagi Esrange kosmik bazasidan NATO uchun birinchi marta harbiy sun’iy yo‘ldoshlar koinotga uchirila boshlanadi. Shu paytgacha shved tadqiqotchilari shimoliy yorug‘lik va atmosfera hodisalarini o‘rganish uchun faqat havo sharlari uchirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo payshanba kuni Shvetsiya kosmik korporatsiyasi (SSC) nihoyat koinotga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga muvaffaq bo‘lishlarini e’lon qildi. SSC American Firefly Aerospace va Koreyaning Perigee Aerospace kompaniyalari bilan Kiruna kosmik bazasidan sun’iy yo‘ldoshlarni birgalikda uchirish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Shartnoma Qo‘shma Shtatlar va Shvetsiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Shuningdek, “Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi noyob kosmik imkoniyatlarni taqdim etadi”, – deydi SSC bosh direktori Sharlotta Sund.

American Firefly Aerospace sun’iy yo’ldosh sanoatida asosiy tashkilot hisoblanadi. Ularning raketalari og‘irligi bir tonnadan sal ko‘proq bo‘lgan foydali yuklarni taxminan 300 kilometr balandlikdagi orbitaga ko‘tara oladi.