Erkatoy haydovchilarni tiyib qo‘yish vaqti kemadimi?! – Robaxon Maxmudova

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi yo‘l transport hodisalari haqida so‘z yuritdi.

“Kuni kecha shunday “zil” gaplardan birini eshitib qoldim: “AQSHda to‘pponcha o‘qidan halok bo‘lishingiz ehtimoli O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida avariya oqibatida halok bo‘lish ehtimolidan ancha past ekan”. “Bekor gap!” deyishga shoshilmang. Zero, inkor qilishdan osoni yo‘q. Haqiqat hissiz statistikada yaqqol ko‘rinadi”– dedi, partiyasi yetakchisi.

So‘zini davom ettirarkan,  “…2023 yilda sodir etilgan 9 ming 839 ta YTH oqibatida 9 ming 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 ming 282 nafar kishi halok bo‘lgan. Bolalar bilan bog‘liq 1 ming 794 ta YTH tufayli 1 ming 568 nafar o‘g‘il-qiz jarohatlangan, 263 nafar bola esa hayotdan ko‘z yumgan. Joriy yilning besh oyida voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq 359 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar bola nobud bo‘lgan, 294 nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan” – deya fikrini dalilladi siyosatchi.

Shularning barchasiga yechim sfatida, “yo‘llarda harakatlanish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, maʼmuriy  va jinoiy javobgarlik choralarini keskin kuchaytirish zarur ekanligini”ni ta’kidladi.

Bunga javoban “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi  “Adolat” partiyasi raisi, deputat emas, shu sababli ko‘pchilik deputatlar, ayniqsa, “Milliy tiklanish” fraktsiyasi a’zolari hamma aybni haydovchilardan izlash va hamma jazoni haydovchilarga yuklashdan qochayotganimizni bilmasligi mumkin” – deya o‘z munosabatini bildirdi.

Shuningdek, “hammamiz izlayotgan tinchlik va to‘kinlik “harakat-vaqt-samara” formulasida ishlashidan kelib chiqilsa, transport-yo‘l infratuzilmasi va sohadagi xizmat sifati tartibni ta’minlashning muhim sharti sifatida qabul qilinishi lozim” – dedi Alisher Qodirov