Hindistonda chivin chaqishidan davosi yo‘q kasallik tarqalyapti

Chandipura virusi bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani haqida Gujarat sog‘liqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, butun shtatda Chandipura virusi bilan kasallangan 50 ta holat qayd etilgan va 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Hindiston rasmiylari epidemiyaga qarshi kampaniya boshlagan, kasallik avj olgan hududlarda malation kukuni sepilmoqda. Gujarat shtatining boshqa tumanlaridan virus yuqtirish holatlari haqida xabarlar kelishda davom etyapti.