Samarqandlik “temir xotin”ga “Damas” sovg‘a qilindi

Viloyatning Nurobod tumani Sahoba qishlogʻida istiqomat qiluvchi 7 qizning onasi Oʻgʻiloy Eshqulovaga Samarqand shahridagi “Yuksalish group” firmasi tomonidan yangi “Damas” avtomobili sovgʻa qilindi.

Avvalroq, Samarqandning chinakam “temir xotin”i haqida Kun.uz internet nashrida so‘z yuritilgan edi.

Shundan so‘ng holat keng jamoatchilik vakillari tomon qizg‘in muhokama qilindi. Ayoldagi matonat, sabr-toqat e’tirof etilgan edi.