Isroil Turkiyani NATO ittifoqidan chiqarishni taklif qilmoqda
Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yil oktyabr oyida boshlangan Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin keskin yomonlashdi. Tomonlar bir necha bor keskin bayonotlar va o‘zaro ayblovlar bilan almashgan.
Prezident Erdo‘g‘onning Isroilga tahdidlari ortidan Isroil NATOni Turkiyani ittifoqdan chiqarishga chaqirgan.
Kunikecha prezident Erdo‘g‘on “Turkiya xuddi Qorabog‘ va Liviya kabi Isroilga kirishi mumkin, buni qilmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q” – deya bayonot berdi.
Isroil tashqi ishlar vaziri Kas Turkiya yetakchisining bayonotlariga javoban Iroqni 1979-2003-yillarda boshqargan va 2006-yilda qatl etilgan Saddam Husayn taqdiri aynan Erdo‘g‘on bilan takrorlanishi mumkinligini aytgan:
“Erdo‘g‘on Saddam Husaynning izidan bormoqda va Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda. Iroqda nima bo‘lganini va hammasi qanday yakunlanganini eslab ko‘rsin”, — deb yozdi Kas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
U o‘z xabarini ikkita fotosuratdan iborat foto kollaj bilan birga keltirdi: birida Erdo‘g‘on quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqqan holda Falastin va Turkiya bayroqlari rangidagi ro‘mol bilan tasvirlangan, ikkinchisida uzun soqolli va sochlari taralgan Saddam Husayn tasvirlangan.
O‘z navbatida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham Isroil TIV bayonotini javobsiz qoldirmadi. Hoqon Fidan Netanyaxuga Gitler taqdirini va’da qilgan.
Avvalroq Erdo‘g‘on HAMASni “ozodlik tashkiloti” deb atagan va Isroil Bosh vaziri Netanyaxuni Adolf Gitlerga qiyoslab, Falastin hududida barqaror tinchlik o‘rnatilmaguncha, uning mamlakati endi NATO va Isroil o‘rtasidagi hamkorlikka rozi bo‘lmasligini aytgan edi.
Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yil oktyabr oyida boshlangan Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin keskin yomonlashdi. Tomonlar bir necha bor keskin bayonotlar va o‘zaro ayblovlar bilan almashgan. 2023-yil oktyabr oyi oxirida Isroil TIV “Isroil-Turkiya munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun” diplomatlarni Anqaradan chaqirib olganini e’lon qildi. Turkiya ham Isroildagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgan.