UzAvot Motors Gentra’ni ishlab chiqarishni davom ettiradi.

UzAvto Motors Chevrolet Lacetti/Gentra avtomobillarini ishlab chiqarishni ehtiyot qismlar tugaguncha davom etishini aytdi.

Dastlab, Gentra zavod konveyeridan oxirgi marta aprelda chiqishi rejalashtirilgan edi. Zavod yetkazib beruvchilarida yetarlicha komponentlar yig’ilgan, bu esa afsonaviy modelni yana bir oz vaqt ishlab chiqarishga imkon beradi.

May oyida 7800 avtomobil sotildi. Shartnomalar bir necha daqiqada tugadi, bu esa Lacettiga bo’lgan yuqori spekulativ talabni ko’rsatadi. Biroq, Gentra ishlab chiqarishning to’xtashi muqarrar, chunki avtomobil to’liq lokalizatsiyalangan emas va jahon avtomobil sanoati eskirgan komponentlar ishlab chiqarishni to’xtatmoqda.

UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarishni to’xtatish aniq muddatlarini aytmadi.