Jizzax viloyatida 330 MVt bo‘lgan kichik Atom Elektr Stansiyasi (AES) qurilishi kutilmoqda.
Rossiya O‘zbekistonda umumiy quvvati 330 MVt bo‘lgan kichik atom elektr stansiyasini qurishi mumkin. Bu haqda Rossiya hukumatining huquqiy hujjatlar portalida 22-maydagi tegishli qaror e’lon qilgan.
Qayd etilishicha, bosimli suv reaktori negizida har biri 55 MVt quvvatga ega oltita energoblok qurish rejalashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 7-sentabrda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimda “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan respublika hududida kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurilishi kerak edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga davlat tashrifi arafasida AES bo‘yicha bosh shartnoma parametrlari kelishilganligi, shuningdek, O‘zbekistonda kichik modulli reaktorlar qurish masalalari ishlab chiqilganligi haqida xabar berilgan edi.
2018-yilda O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Erishilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, “Rostatom” har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokni quradi. Inshoat maydon Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li bo‘yida joylashgan va uning Qurilishi taxminan 6 yil davom etadi.
O‘zbekiston elektr defitsitini qoplash va gazni tejash uchun atom elektr stansiyalaridan foydalanishga umid qilmoqda. Mamlakat uran ishlab chiqaruvchi 5ta davlatdan biri bo‘lganligi sababli, loyiha uchun yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar kutilmaydi.