Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi

Shuhrat Rizayev 2017-yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Yozuvchi Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xabar berdi.

Shuhrat Rizayev 2017-yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

U 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi faoliyat yuritgan.

2017-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2021-yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Bundan oldin o‘zbek kino sohasini salkam 5-yil boshqargan Firdavs Abduxoliqov faoliyatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.