Eng mashhur ichimliklardan biri qahvaning foyda va zararlari haqida
Qahvani hech ikkilanishsiz dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri deb aytish mumkin. Bir finjon qahvasiz uyg’onolmaslik va ish kunini xushboʻy ichimliksiz tasavvur qila olmaslik mumkin-mi? Bu umuman yomon odat emas, albatta. Qahva nafaqat tetiklantiruvchi ichimlik, balki sogʻlik va farovonlikni yaxshilashning oson usuli hisoblanadi.
Lekin, mashhur qoidalarni unutmaslik lozim. Birinchidan, kislotalilik bilan muammo boʻlsa, uyqu rejimi buzilsa, xavotirga tushish yoki kofeinga sezgirlik juda yuqori boʻlsa qahva ichish tavsiya etilmaydi. Ikkinchidan, shakarsiz, siropsiz va boshqa moddalarsiz qahvani ichish kerak. Aks holda, foyda o’rniga zarar keltirishi hech gap emas. Va nihoyat, uchinchidan, iloji boʻlsa, tavsiya etilgan kunlik me’yor -400ml dan oshmasligi kerak.
Qahva tarkibida organizmdagi keksayishga yordam beradigan erkin radikallarni chiqarib tashlovchi antioksidantlar mavjud. Qahva antioksidantlari saraton kasalligi, ayrim yurak kasalliklari, har ikkala diabet turi va Parkinson kasalligi bilan kurashishda yordam beradi.
Biroq, tabiiy qahva eriydigan qahvaga qaraganda ancha foydali boʻlishiga qaramay, uni koʻp isteʼmol qilmaslik maqsadga muvofiq. Mutaxassislarning fikriga koʻra, tabiiy qahvani kuniga 1-2 stakan ichish mumkin. Xo’sh, bunday cheklovlarga sabab nima?
Kofein miqdori yuqori boʻlgan qahva qon bosimini, yurak urishini kuchaytiradi va uyquni buzadi. Undagi tetiklantiruvchi effekt ham salbiy xarakterga ega: Qahva ichilganidan 1 soat oʻtgach, ish samaradorligini oshiradi, yana 1 soatdan keyin esa uyquchanlik paydo boʻladi.Shuningdek, qahvani homilador va emizikli ayollar iste’mol qilmasligi kerak. Kofein homilador ayollarning qonida to’planib, platsentaga kirib boradi va ona sutidagi temir va boshqa mineral elementlarning miqdori kamayishiga olib keladi.