Putin Shimoliy Koreyada: nimalar kelishildi?
Rossiya prezidenti Putin Shimoliy Koreyaga tarixiy tashrifini boshladi. 8-iyun kuni tunda Pxenyanga yetib borgan Putinni shaxsan Kim Chen Inning oʻzi kutib oldi.
Putinga koʻplab vazirlar, xususan tashqi ishlar vaziri va yangi mudofaa vaziri hamkorlik qilishdi. Putinni rasman kutib olish marosimida esa juda ko’p odam ishtirok etdi. Koreyslar an’anasiga koʻra yosh bolalar ikki davlat bayrogʻlarini koʻtarib turishdi.
Keyin esa ikki rahbar bir -biriga vazirlarni tanishtirib chiqdi. Putinning karteji poytaxt Txenyandagi yam-yashil koʻchalardan yurayotganda uning xavfsizligini oʻnlab mototsikl va yo’l tanlamas mashinalar ta’minlab bordi.
Tashrifning ilk kunida Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasida keng qamrovli strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Putin kelishuvni izohlar ekan, rasman KXDR bilan harbiy-texnik hamkorlik olib borishni ham istisno qilib boʻlmasligini taʼkidladi.
Kim Chen In bu kelishuvni faqat tinchlikka hizmat qiluvchi va mudofaaviy deb atadi. Bu hujjatda davlatlardan biriga agressiya ishlatilsa, boshqasi yordam berishi qayd etilgan. Ammo aynan qanday qanday yordam haqida gap borgani aytilmagan.
Oʻzaro uchrashuvlarni OAV uchun ochiq qismida Kim Chen In Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda toʻliq qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi davr boshlanayotganligini qoʻshimcha qildi. Putin oʻtgan yili Rossiya sharqiga tashrif buyurgan hamkasbi Kimni Moskvaga taklif qildi.
Bu ikki siyosatchi oʻrtasidagi uchrashuvlar aslo sovgʻa topshirishlarsiz o’tmaydi. Putin Shimollik hamkasbi va ittifoqchisiga Rossiyada ishlab chiqarilgan hashamatli Aurus limuzinini sovgʻa qildi.
Putinning oʻzi bir necha yillardan buyon mana shunday mashinalarda yuradi va oʻtgan yili Rossiyaga tashrif buyurgan Kim Chen Inga ham xuddi shunday mashinalarda boshqasini sovgʻa qilgandi. Shuningdek, Rossiyalik mehmon mezbonga choy idishlari servisini va xanjarni sovgʻa tariqasida olib keldi. Kimning Putinga bergan sovgʻalari surati hozircha chiqmadi. Lekin, rus nashrlariga koʻra Rossiya prezidentiga uning sur’ati tushirilgan portretlar sovgʻa qilishgan. Kim Chen In rasmiy uchrashuv vaqtida Putinni Koreys xalqining eng qadrli doʻsti deb atadi. Va uni uzoqni koʻruvchi siyosatchi sifatida maqtadi. O’z navbatida Putin Kimga Rossiyani Ukrainadagi urushda va AQSH ning realistik siyosatida qarshi qoʻllagani uchun rahmat aytdi.
OAV uchun oʻtkazilgan brifing vaqtida Putin ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar haqida gapirib: “Uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo’shni yaxshi”,-deb aytdi.