Isroil armiyasi yarador falastinlikni JIP moshinasiga bog‘ladi

Isroil harbiylari G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida o‘tkazilgan reyd chog‘ida yaralangan falastinlik erkakni mashinaning old qismiga bog‘lab, o‘z kuchlari protokolni buzganini aytdi.

Isroil Mudofaa kuchlari voqeani tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganidan keyin tasdiqladi. ID bayonotida aytilishicha, erkak gumonlanuvchi bo‘lgan reyd paytida otishma natijasida yaralangan. Jarohatlangan erkakning oilasi tez yordam so‘ragach, armiya uni olib, jipining kapotiga bog‘lab, haydab ketganini aytdi. Oxir oqibat, odam davolanish uchun Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshirildi. ID voqea tekshirilishini aytdi. Reuters axborot agentligi bilan suhbatlashgan guvohlar uning mahalliy fuqaro ekanligini va uning ismini Mujohid Azmi deb aytishgan.

“Bugun ertalab [shanba kuni] Vodi-Burqin hududida qidiruvdagi gumondorlarni qo‘lga olish bo‘yicha aksilterror operatsiyalari chog‘ida terrorchilar ID qo‘shinlariga qarata o‘t ochishdi, ular o‘q bilan javob berishdi”, — deyiladi ID bayonotida.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, G‘arbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda mojaro bilan bog‘liq hodisalarda kamida 480 falastinlik – qurolli guruhlar a’zolari, hujumchilar va tinch aholi halok bo‘lgan.