Amerikalik erkak o‘rmonda adashib, 10 kun undan chiqolmadi
11-iyun seshanba kuni Lukas Makklish ismli erkak o‘rmonga sayohat qilish maqsadida borib, unda adashib qolgan. Sayyoh o‘rmon bo‘ylab 10 kun kezib yurdi, bu vaqt oralig‘ida yovvoyi rezavor mevalardan yeb jon saqlagan. 5 kundan so‘ng u bu qiyinchiliklarga bardosh bera olmasligini tushunib yetib, taqdirga tan bergan. Qutqaruvchilar dron yordamida bedarak yo‘qolgan odamni oxirgi marta ko‘rilgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan sharshara yonidan topishdi. U yaralangan va charchagan holda, muhimi tirik holda topilgan. Erkak sayohatga chiqishdan oldin yaqinlariga qayerga borishini aytmagani uchun uni qidirib topish ishlari qiyinlashgan.