AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp jinoiy javobgarlikka tortiladi

FILE PHOTO: A combination photo shows adult film actress Stephanie Clifford, also known as Stormy Daniels speaking in New York City, and then- U.S. President Donald Trump speaking in Washington, Michigan, U.S. on April 16, 2018 and April 28, 2018 respectively. . REUTERS/Brendan McDermid (L) REUTERS/Joshua Roberts/File Photo

Tramp mashhur pornoaktrisa bilan aloqa qilib, bu holatni yashirish yo‘lida hujjatlarni soxtalashtirgan.

AQSh tarixida birinchi marta sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortildi. Mamlakatning 45-prezidenti Donald Tramp Nyu-York sudi hay’ati tomonidan aybdor deb topildi.Prezidentlikka nomzod bo‘lmish Tramp 2016-yili pornoaktrisa Stormi Deniyels bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. Nomzodning bunday harakati ommaga oshkor bo‘lgan taqdirda uning saylov kampaniyasiga salbiy ta’sir qilishini tushunib, turmush o‘rtog‘i homilador bo‘lgan paytda pornoaktrisa bilan bo‘lgan jinsiy aloqasini yashirish uchun Deniyelsga 130 ming dollar pul to‘lagan. Bugun chiqarilgan ayblov uning begona ayol bilan munosabatiga emas, balki munosabatni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishga tegishli. Donald Tramp pornoaktrisaga to‘lagan 130 ming dollarni yashirish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan va bu AQSh qonunlariga zid bo‘lgan. Sud jazoni 11-iyul kuni tayinlaydi. Sobiq prezident ko‘pi bilan 4 yilga qamalishi yoki shartli jazo olishi ham mumkin. Trampning yuristlari ayblov ustidan appelyatsiya kiritishini ma’lum qilgan. Qiziq tomoni, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Tramp jinoyatchi sifatida ham prezidentlik saylovida qatnashishi, yutib chiqqan taqdirda prezident bo‘lishi mumkin. Ammo saylovda ovoz bera olmaydi. Agar Trampga qamoq jazosi tayinlansa, unga sobiq prezident sifatida tayinlangan tansoqchilari uni qamoqda ham qo‘riqlaydi. Donald Trampga yana uchta jinoiy ayblov qo‘yilgan: ikkita ayblov AQSh Adliya vazirligi, yana bittasi Jorjiya shtati tomonidan. Bu ayblovlar borasida sud ishi hali boshlanmagan.