AQSHda 105yoshli onaxon magistrlik diplomini oldi

Amerikalik Virjiniya Hislop ismli ayol 105 yoshida Stenford universitetida magistrlik darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar berdi.

UPI agentligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra, onaxon urush tufayli o’qishini tashlashga majbur bo’lgan. Ikkinchi jahon urushi paytida magistraturani tashlab ketishga majbur bo’lgan kaliforniyalik ayol 83 yildan so’ng 105 yoshida magistrlik darajasini oldi. U 1940-yilda Stenford universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan va magistrlik disertatsiyasi ustida ishlay boshlagan.

Ayolning sevgilisi Jorj Hislop Ikkinchi Jahon urushida xizmat qilishga chaqirilganidan so’ng, ular turmush qurishga majbur bo’lishadi va ilmiy ish oxiriga yetmay qoladi.

Hozir Vashingtonda istiqomat qiluvchi Virjiniya ta’lim sohasida faol bo’lib, mahalliy maktab kengashida xizmat qiladi. Shunigdek, u hozirda Yakima maktabi direktorlar kengashiga rahbarlik qiladi.