Bahodir Yalangto’sh haqida film yaratilgani o‘zbek millati tarixining yoritilishiga yaxshigina yordam beradi.
O‘zbekning botiri, Samarqand amiri, Registon maydoni va Sherdor, Tillakori maqbaralari asoschisi Bahodir Yalangto’sh haqida film yaratilgani o‘zbek millati tarixining yoritilishiga yaxshigina yordam beradi.
Yalangtoʻsh Bahodir Ashtarxoniylar davridagi harbiy zodagonlarning yirik vakili. Oʻzbeklarning Olchin qabilasidan boʻlib, 1626-yildan Samarqand hokimi vazifasini ham bajargan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzurida tarbiya topgan.
Yalangtoʻsh Bahodir qatʼiyligi va harbiy pragmatizmi bilan ajralib turgan.
1612-yilda u Imomqulixon askarlariga boshchilik qilib, Toshkent va Turkistonni qoʻlga kiritdi.
1612-yilda Imomqulixon Bahodirni askarlariga yetakchi etib tayinlab, qozoq xoni Esimxonga qarshi jangga joʻnatgan.
Yalangto‘sh 1614-yilda Xurosonga, 1618-yilda esa Hirotga yurish qildi. 1620-yillarda O‘zbekning Ashtarxoniylar davlati janubiy chegaralarini himoya qilgan holda hozirgi Afg‘oniston hududida janglar olib bordi.
1621-yilda Tursun sultonning qozoq jangchilari hujumini qaytarish chogʻida O’zbeklar lashkari bosh qoʻmondoni boʻldi.
1628-yilda Imomqulixonning buyrugʻiga koʻra qozoq Abuli Sultonni Toshkentda yakson qildi va uni Qashqarga qochishga majbur qildi.
1636-yilda Imomqulixon qoʻshini Yalangtoʻsh boshchiligida Sayramga yurish qilib, atrofidagi qozoq qabilalariga hujum qilgan. Yurish Dashti Qipchoq choʻllarigacha choʻzildi.
1640-yilda Yalangtoʻsh boshchiligidagi qoʻshin oʻzbeklar yerlariga bostirib kelgan jungarlarni yakson qiladi. Keyinchalik Yalangtoʻsh tumanboshi (10 ming kishilik qoʻshinni boshqaruvchi) amalini qoʻlga kiritadi.
Jungarlarning harbiy bosqini tugamaydi va keyinchalik jungarlar Yettisuv yerlariga qoʻqqisdan qirgʻinbarot hujumlarni amalga oshiradilar.
Yalangtoʻsh Bahodir Samarqanddan 30 ming kishilik yaxshi qurollangan harbiy qism bilan qozoqlarga tushum undirish uchun keladi. Yalangtosh lashkari Yettisuvni Botir-xuntoyji boshchiligida bostirib kelgan jungarlardan ozod qilishga yordam beradi.
1646-yilda Buxoro xoni Abdulazizxon va Shohjahon oʻrtasida mojaro yuzaga keladi. Muhim ahamiyatga ega boʻlgan Xuroson va Balx shaharlariga ham Buxoro xonligi, ham Buyuk Moʻgʻullar davlati talabgor boʻlib chiqdi, natijada urush alanga oldi. Xajamquli Balxiyning “Tarixi Qipchoqxoni” nomli tarixiy manbasi maʼlumotlariga koʻra, Abdulazizxonning topshirigʻiga koʻra, Yalangtoʻsh Bahodir o‘zbek jangchilaridan 100 ming kishilik qoʻshin tuzib, Shohjahonning qoʻshinini tor-mor keltiradi. Keyinchalik Yalangtoʻsh juda koʻp muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi, Mashhadni qoʻlga olib, u yerdan juda koʻp asir ustalarni olib keldi.
Yalangtoʻsh Bahodir yangi inshootlar qurilishi va sanʼatni qoʻllab-quvvatlashdagi hissasi bilan ham mashhur.
Samarqandning qoq markazida Registon maydonida Yalangtoʻsh Bahodir yordami bilan Sherdor madrasasi qurildi, pirovardida ushbu inshoot tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlib qoldi.
Sherdor madrasasi devorida yozilgan yozuvlardan birida aytiladiki, amir-lashkarboshi, adolatli Yalangtoʻsh Bahodir uning asoschisi boʻlgan.
Shuningdek, u Samarqandda Tillakori madrasasini qurdi. Bu meʼmorchilik inshootlari zamonaviy Samarqandning bezaklari hisoblanadi va butun dunyodan turistlarni jalb qilmoqda.
Butun Sharq meʼmorchiligi sanʼati tarixida bu binolar qurilish mahorati boʻyicha yuqori oʻrinlarda turadi.
Film yaqin kunlarda omma e’tiboriga taqdim etilishi kutilmoqda.