Bolalar kuni munosabati bilan bepul filmlar namoyishi o‘tkaziladi

Respublika bo‘ylab barcha kinoteatr va Yoshlar ijod saroylarida O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida bolalar uchun suratga olingan “Parining sovg‘asi” va “Quyosh ta’mi” filmlari namoyishi tashkil etiladi.

Filmlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida ham ikki tilda (o‘zbek va rus) taqdim etiladi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlar uchun qiziqarli savol-javob o‘yinlari, multfilm qahramonlari ishtirokida shou-dasturlar ham tashkil etilib, g‘oliblarga maxsus sovg‘alar topshiriladi.

“Quyosh ta’mi” filmi esa, “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan. Film oilaviy fentezi janrida yaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonga safari chog‘ida g‘aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy oila haqida hikoya qilinadi. Unda aktrisa va rejissyor Yelena Polyakova rol ijro qilgan.