Bu yilgi Haj mavsumida qancha kishi vafot etgani maʼlum boʻldi
2024-yilgi Haj mavsumida 1301 nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vaziri Faxd bin Abdul Rahmon al-Jalajel ma’lum qildi.
Vazir marhumlarning Makkada dafn etilishini bildirgan. “Haj ziyoratiga borganlarning 83 foizida tegishli viza boʻlmagan. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri ostida uzoq masofani bosib o’tib, boshpana va yaxshi qulayliklarga ega boʻlmagan. Vafot etganlar orasida bir qancha keksa va surunkali kasallar ham qayd etilgan”,- deydi vazir.
Qayd etilishicha, ayni paytda 95 nafar ziyoratchi mamlakat shifoxonalarida davolanmoqda, ularning bir qismi Ar-Riyod shahriga olib ketilgan. Oʻlganlarning shaxsini aniqlash jarayoni kechiktirilganiga koʻpchilikda hujjatlarning yoʻqligi sabab boʻlgan.
Sog’liqni saqlash vaziri barcha maʼlumotlar yigʻilib, marhumlarning oila aʼzolariga xabar berilgani va identifikatsiya qilish jarayoni tugallanligi dastlabki shaxsiy maʼlumotlar yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yo’qligiga qaramay, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar bilan shaxsni aniqlash, dafn etish va hurmat bajo keltirish uchun olib borilganini ma’lum qilgan.