Bu yilgi jurnalistika ijodiy imtihonlari qay tarzda oʻtadi?
Barchamizga maʼlumki jurnalistika sohasiga oʻqishga kirish uchun Bilim va malakani baholash agentligi imtihonidan tashqari ijodiy imtihon ham topshiriladi. Ijodiy imtihon nima va u nima uchun kerak, degan savol tugʻilishi tabiiy hol, albatta.
Ijodiy imtihonning bosh maqsadi- abiturientlarning tanlangan mutaxassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash. Kasbiy koʻnikma va ijodiy qobiliyatlarini baholashdir. Ijodiy imtihonlar har yili ikki bosqichda 93ballik sistemada baholanadi. Yozma esse tarzida va ogʻzaki savol javob tarzida. Abituriyent yozma imtihondan 62 ball, og’zaki imtihondan esa 31 ball toʻplash imkoniyatiga ega boʻladi. Ya’ni abituriyent asosiy faning 93balini toʻplab qo’yadi. Keyin Bilim va malakani baholash agentligi imtihonida faqatgina chet tili va majburiy fanlardan imtihon topshiradi.
Yurtimizda har yili Jurnalistika sohasi uchun oʻqishga topshirgan abituriyentlar avval ijodiy, soʻng DTM imtihonlarini topshirishadi. Bu yil esa test sinoviga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. Ammo ijodiy imtihonlar har yilgi kabi Bilim va malakani baholash agentligi testlaridan oldin oʻtkaziladigan boʻldi. Bu yilgi ijodiy imtihonlar 1-iyuldan 25-iyulgacha etib belgilandi.
Avvalgi yillarda ijodiy imtihon javoblari 2- kuni e’lon qilinar edi. Bu yil esa ijodiy imtihon boʻlib oʻtgan sananing oʻzida e’lon qilinadigan boʻldi. Jurnalistika sohasiga oʻqishga topshirgan abituriyentlar ham barcha abituriyentlar kabi “Avval test, keyin universitet” tamoyili asosida oliygoh talabasi boʻlishadi.
“Avval test, keyin universitet” tamoyili bu yil jurnalistika sohasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Negaki, oʻtgan yillarda jurnalistika sohasiga hujjat topshirgan abituriyentlar faqatgina bitta universitetga hujjat topshira olishardi. Bu yil esa aksincha, ular ham barcha abituriyentlar singari 5 ta universitetga hujjat topshirish imkoniga ega boʻldilar.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz. Zeroki ilm yoʻlida chekilgan har bir zahmat ibodatdir.