Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +41°dan oshishi kutilmoqda, bu iyun oyi uchun odatdagi me’yordan ortiq.
O‘zgidromet 11-13-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati agentligi xabariga ko‘ra, bugun respublika markaziy tekislik hududlari hamda janubiy viloyatlarda havo harorati +41°dan oshadi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi me’yordan 2-3 darajaga issiqroq bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlik davomida respublika bo‘ylab quruq ob-havo bo‘lishi e’lon qilingan. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida respublikaning janubiy hududlarida va cho‘l zonalarida havo harorati +43°dan oshishi kutilmoqda.