Chexiyada chaqmoq urishi oqibatida 18 kishi halok bo’ldi!
Bu haqida Chexiya favqulodda vaziyatlar xizmati mahalliy OAVlarga ma’lumot taqdim etgan. Voqea mamlakatning Liberets viloyatida 2-iyun kuni poytaxt Pragadan 90 km shimoli-sharqda Liberets-Vratislavitsa qal’asi parkida sodir bo’ldi.
Rasmiylar jabrlanganlar haqida to’liq ma’lumot berishmagan, biroq jabrlanganlar orasida bolalar ham borligi qayd etilgan. Aniqlashtirilishicha, voqea “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbir paytida sodir bo’lgan.
Chexiyaning “CT 24” telekanali jarohatlanganlarning 5 nafari 2 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar ekanligini ma’lum qilgan. Liberets shahri kasalxonasi matbuot xizmati rahbari Vatslav Rikarning ma’lum qilishicha, kasalxona 17 nafar bemorni qabul qilgan, ularning barchasining ahvoli qoniqarliligini aytib o’tdi.
Dam olish kunlari Chexiyada kuchli yomg’ir va bo’ronlar kuzatildi, shuninghdek mamlakatning ayrim hududlarida suv toshqinlari yuzaga kelganliklari bo’yicha ma’lumot bor.