Donald Tramp Habib Nurmagomedovga Falastindagi urushni to‘xtatishga va’da berdi.
Kuni kecha New York (AQSh)da bo‘lib o‘tgan UFC 302 turnirida murabbiy sifatida ishtirok etgan rossiyalik sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovga, AQSHning sobiq prezidenti va saylovlarda prezidentlikka asosiy da’vogar bo‘lgan Donald Tramp G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishga va’da berdi.
“Bilaman, siz Falastindagi urushni to‘xtatasiz” – degan Habib.
“Biz buni to‘xtatamiz. Men buni to‘xtataman” – deb va’da bergan Tramp Habibga.
Ma’lumot o‘rnida 2020-yilda Tramp Habibni “dunyodagi 1-raqamli jangchi” deb ta’kidlagan edi, 2023-yilda esa Tramp Nurmagomedovni “fantastik jangchi” deb atagan va UFC rahbari Dana Whitedan uning qaytishi mumkinligi haqida so‘ragan.