Dunyodagi eng uzoq vaqt xizmat qilgan styuardessa Bette Nesh 88 yoshida vafot etdi.

Bette Nesh American Airlines va Professional bort kuzatuvchilar uyushmasi bayonotlariga ko’ra, “eng uzoq vaqt xizmat qilgan styuardessa” deb e’tirof etildi.

“Biz qariyb yetmish yil davomida havoda mijozlarimizga iliqlik bilan g’amxo’rlik qilgan Bette Nashning vafotidan qayg’uramiz”, deyiladi American Airlines kompaniyasi X.ga e’lon qilingan bayonotda.

“U 1957 yilda ish boshlagan va eng uzoq vaqt xizmat qilgan styuardessa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Bette styuardessalarning davomchilarini ilhomlantirgan shaxs. Yuqoriga uching, Bette” 

Amerika Qo’shma Shtatlaridagi styuardessalar uyushmasi bo’lgan Professional bort kuzatuvchilar uyushmasi (APFA) ham Facebook ijtimoiy tarmog’ida Nashga o’z hurmatini e’lon qildi.

Nesh karyerasini 1957-yil 4-noyabrda Vashingtonda, hozirda Eastern Airlines aviakompaniyasida boshlagan.

Maktabdan so’ng diplom uchun kollejga topshirgan. Styuardessa sifatida ishga kirish uchun ariza berdi, chunki o’sha paytda styuardessalar o’qishni tugatgandan so’ng tanlangan.

ABC News ma’lumotlariga ko’ra, Nesh hech qachon American Airlines aviakompaniyasidagi faoliyatidan rasman nafaqaga chiqmagan.

U 60 yildan ortiq  parvozi davomida aviatsiya olamida juda ko’p o’zgarishlarni ko’rdi.

Nesh 2022-yil boshida styuardessa sifatida eng uzoq vaqt ishlagani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

“Uning karyerasi 2021-yil 4-yanvar holatiga ko‘ra 63 yil, 61 kun bilan enzun styuardessadan o‘zib ketdi”, — deyiladi Ginnes e’lonida.g uzun styuardessadan o‘zib ketdi”, — deyiladi Ginnes e’lonida.