Endi ommaviy tadbirlarda bepul oziq-ovqat tarqatish va juda arzon narxlarlarda tovarlar sotish taqiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ommaviy tadbirlarga fuqarolarning reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik hamda idoralarga ushbu qaror bilan belgilangan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatildi.