Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda trtworld.com sayti
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tashqi ishlar vaziri Amirabdullohian, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori va boshqa rasmiylar, tansoqchilar hamrohligida Ozarbayjonga rasmiy tashrifdan qaytgach, vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi.
19-may kuni Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Seyid Ibrohim Raisiy delegatsiyalar ishtirokidagi uchrashuvidan qaytayotgan vaqtda halokatga uchradi. Eron davlat televideniyesi halokat sabablarini aniqlamadi. Biroq saytdan e’lon qilingan suratlar vertolyotning tog‘ cho‘qqisiga urilgani aks etgan.
Og‘ir ob-havo sharoiti tufayli Eron prezidenti Ibrohim Raisi va u ketayotgan vertolyot halokati haqidagi ma’lumotdan keyin uni qutqarish bo‘yicha qidiruv-qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilgan. Avvalroq Turkiyaning Akinji uchuvchisiz dronni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va boshqa yuqori mansabdor shaxslar bo‘lgan halokatga uchragan vertolyotdan issiqlik manbasini aniqlagan va aniq koordinatalarini Eron rasmiylariga yetkazgan edi.
Eron Qizil yarim oy jamiyati bir necha soatlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng Raisi va tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullohian Eron rasmiylari tomonidan o‘lganini e’lon qildi.