Firibgar jizzaxlik yigitni Amerikaga yuborish uchun pul olib, uni Afrikaga jo‘natib yubordi
Jizzaxda fuqarolardan biri katta pul evaziga AQSHga yuborishini aytib, uni Janubiy Afrika Respublikasiga yuborgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahrining Xayrobod mahallasida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘lini Sharof Rashidov tumanida yashovchi shaxs AQSHga ishlashga yuborishini aytib, 14 ming 300 AQSH dollari olgani, lekin farzandini Afrikaga jo‘natganini bildirgan.
Shuningdek, arizachi o‘g‘li Afrikada chorasiz qolib ketgani, firibgar vaziyatni o‘nglash uchun yana 6 ming 700 AQSH dollari talab qilayotganini ma’lum qilgan.