Futbol bo‘yicha milliy jamoamiz JCh-2026ning 3-saralash bosqichiga yo‘l oldi
O‘zbekiston 3-bosqichda yana 5 terma jamoa bilan 2 ta yo‘llanma uchun kuch sinashadi. Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Eron: ehtimoliy raqiblar va savatchalar haqida batafsil
Osiyoda Amerika qit’asida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida 2-bosqich o‘yinlari yakunlandi. 2-bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi Eron Islom Respublikasi, Turkmaniston va Gon Kong terma jamoalari bilan kuch sinashib, guruhda Eron terma jamoasi bilan bir xil – 14 ochko jamg‘ardi. To‘plar nisbatiga ko‘ra Eron +12, O‘zbekiston terma jamoasi esa +9 natija qayd etdi, yakunda Eron guruhda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston 2-o‘rin bilan kifoyalandi.
Jahon chempionati-2026ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha 3-saralash bosqichida jami 18 ta terma jamoa o‘z ishtirokini davom ettiradi, ular FIFA reytinggidagi o‘rniga asosan 6 ta savatchaga bo‘lingan. Quyida 6 ta savatcha va ulardagi terma jamoalar bilan tanishing:
1-savatcha
- Yaponiya
- Eron Islom Respublikasi
- Janubiy Koreya
2-savatcha
- Avstraliya
- Qatar
- Iroq
3-savatcha
- Saudiya Arabistoni
- O‘zbekiston
- Iordaniya
4-savatcha
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Ummon
- Bahrayn
5-savatcha
- Xitoy
- Falastin
- Qirg‘iziston
6-savatcha
- KXDR
- Indoneziya
- Quvayt
3-bosqichga qur’a tashlashda har savatdan 1 ta terma jamoa tanlanadi va umumiy 6 ta terma jamoadan iborat 3 ta guruh shakllantiriladi. Har 3 savatda guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-bosqich uchun qur’a tashlash marosimi Kuala Lumpur shahrida 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.