Guterrish Oliy Majlis Senatida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Oliy Majlis Senatida bo‘ldi.


Uchrashuv davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq gender tengligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oliy majlis Senatidagi mazkur uchrashuvdan mamnun ekanini bildirib, “Markaziy Osiyo sivilizatsiya markazi hisobalanadi, O‘zbekiston esa mintaqaning markazidir. O‘zbekiston BMTning ko‘plab sohalarida, xususan, BRMni amalga oshirishda yo‘lboshchi davlatlardan biri. O‘zbekiston bilan BMT hamkorligi alohida o‘rin va ahamiyat kasb etadi. Men Markaziy Osiyoga ilk bor tashrif buyurganimda, mintaqa tarqoq va yakkalanib qolgan edi. Endi Prezident Shavkat Mirziyoyev tufayli mintaqa birlashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosati tufayli Markaziy Osiyoning ko‘plab muammoli masalalari hal etildi”, deya fikr bildirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.