Haj ziyoratida jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 577 kishiga yetdi
Makkada havo harorati +52 darajaga yetgan, qurbonlar soni ortib bormoqda. Arab diplomatining so’zlariga ko’ra, o’lganlar orasida 323 nafari misrliklar bo’lib, ular asosan issiqlik bilan bog’liq kasalliklarga chalingan.
“Misrliklarning hammasi jazirama tufayli halok bo‘ldi, faqat bir kishi olomonning siqilishida halokatli jarohat olgan”, dedi diplomatlardan biri. Bu raqam Makkaning Al-Muaysem shahridagi shifoxona o‘likxonasi tomonidan tasdiqlandi. Ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslik so‘ralgan.
Shu o’rinda Saudiya Arabistonida o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, marosim joylarida harorat har o’n yil ichida 0,4 darajaga ko’tarilmoqda.