Hindiston bosh vaziri Narendra Modi iste’foga chiqdi

Bu haqda 5 iyun kuni mamlakat prezidenti kotibiyati matbuot xizmati xabar berdi. Narendra Modi Hindiston hukumatiga so’ngi 10 yil davomida rahbarlik qilgan.

Hindiston parlamentiga saylovlardan so‘ng amaldagi bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqishi kerak. Shu bilan birga, ular yangi hukumat tuzilmaguncha o‘z lavozimlarida qoladi.

Hindistonda 19-apreldan buyon o‘tkazilayotgan umumiy parlament saylovlari yakunlandi. Ovozlarni sanash 4 iyun kuni yakunlandi. Hindiston parlamenti quyi palatasidagi o‘rinlarning yarmidan ko‘prog‘ini Modining “Bharatiya Janata” partiyasi (543 o‘rindan 279 o‘rin) boshchiligidagi Milliy demokratik alyans qo‘lga kiritdi. Muxolif INDIA koalitsiyasi parlamentda 234 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Indian Express’ning yozishicha, bugun Narendra Modi hukumatning bo‘lajak tarkibini kelishish uchun koalitsiya bo‘yicha hamkorlarni mamlakat poytaxtiga yig‘di.