Islandiyada tadbirkor ayol prezident etib saylandi

Tadbirkor Xalla Tomasdottir 2-iyun kuni Islandiyadagi prezidentlik saylovida 34.3 foiz ovoz bilan g‘olib chiqdi. U mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident bo‘ladi.

Islandiyaning sobiq bosh vaziri Katrin Yakobsdottir 25,2 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Saylovda jami 12 nafar nomzod ishtirok etdi.

55 yoshli Tomasdottir Islandiyaning 7-prezidentiga aylanadi. Bungacha mamlakatni 2016-yilning avgustidan buyon Gvidni Yoxannesson boshqarib kelgan. 2016-yilda ham Tomasdottir mamlakat prezidentligi uchun kurashgan va Yoxannessondan keyingi o‘rinni egallagandi.

Islandiya prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlar yo‘li bilan 4 yillik muddatga saylandi. U yangi prezidentlik rolini 1-avgustdan boshlaydi.