Yunusobod tumani, Moyqoʻrgʻon koʻchasi va Qoraqamish koʻchalari kesishmasida d1200mm katta suv oʻtkazgich tarmoqda nosozlik vujudga keldi
Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor kochalari, Gʻishtqoʻrgʻon koʻchalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmaydi.
Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko’rishmoqda.
Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi – deb axborot bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ axborot xizmati
Mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.