Kengashlarga endi hokimlar raislik qilmaydi

Deputatlar tomonidan muhokama qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari to‘g‘risidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, qonun loyihasi bilan:

➖hokimlarning ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik hokimiyatini boshqarish vakolati bekor qilinmoqda;

➖ hokimlarga mahalliy kengashlar sessiyasiga masala kiritish, zarur hollarda mahalliy kengash sessiyasini chaqirish to‘g‘risida taklif kiritish, mahalliy kengashning qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi bir qator yangi vakolatlar berilmoqda;

➖ mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi va u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;

➖ hokimlarning mahalliy kengash deputatlari orasidan tayinlanishi va tasdiqlanishi haqidagi talab bekor qilinadi, ular deputat etib saylanishi mumkin.

➖ mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur. Unda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomini beriladi.