Kobbi Maynou va Koul Palmer play-offdan umid qilishmoqda
Kobbi Maynou: “Men va Koul Palmer, biz tayyormiz. Qolgan yigitlar kabi biz ham istalgan paytda maydonga tushib, terma jamoa uchun yordam berishga tayyormiz.”
Palmer: “Biz qattiq mashq qilyapmiz, o‘yinlarda imkoniyat paydo bo‘lganda, biz boshlashimiz va jamoaga imkon qadar yordam berishimiz kerak. Biz terma jamoamiz uchun borimizni beramiz.”
Manyou va Palmer Yevro-2024 guruh bosqichida Angliya safida eng kam daqiqalar olgan o‘yinchilar bo‘lib turishibdi. Chelsi vingeri Palmer joriy mavsum klub safida eng sermahsul natija qayd etgan o‘yinchi bo‘lsa-da, Sautgeyt unga ishonch bildirmayapti. Angliyani 1/16 bosqichida Slovakiya terma jamoasi bilan o‘yin kutib turibdi.