Mbappe mashgʻulotlarga qaytdi, ammo…

{"remix_data":[],"remix_entry_point":"challenges","source_tags":["local"],"origin":"unknown","total_draw_time":0,"total_draw_actions":0,"layers_used":0,"brushes_used":0,"photos_added":0,"total_editor_actions":{},"tools_used":{"addons":1},"is_sticker":false,"edited_since_last_sticker_save":true,"containsFTESticker":false}

Real Madridning yangi hujumchisi va Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe Yevro-2024 musobaqasining 1-turidan oʻrin olgan Avstriyaga qarshi oʻyinda burnidan jarohat olgan edi. Shu kuni OAV nashrlari uning Niderlandiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi haqida xabarlar chiqargandi. Ammo, terma jamoa bosh murabbiyi D. Desham jamoa a’zosi uchun tavakkal qilishni istamayapti. Mbappe allaqachon yakka tartibdagi mashgʻulotlarga kirishgan. Lekin, Fransiya terma jamoasi guruhdagi qolgan oʻyinlarni usiz oʻtkazishga majbur boʻladi.

D guruhidan oʻrin olgan Fransiya terma jamoasi keyingi turni Niderlandiyaga qarshi oʻtkazadi. Dastlabki turda Fransiya Avstriya ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qozonib, 3 ochko bilan guruhda 2-oʻrinda bormoqda