Misrliklar 4000 yil oldin saratonga davo topgan bo’lishi mumkin!
Misrdan topilgan bosh suyagidagi ingichka kesiklar saraton kasalligini davolashning eng qadimgi urinishi bo’lishi mumkin.
Qadimgi Misrdan kelib chiqqan va Kembrij universitetida saqlangan ikkita bosh suyagi saraton kasalligini davolashning eng qadimgi belgilariga ega bo’lishi mumkin.
“Frontiers in Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga ko’ra, taxminan miloddan avvalgi 4000-yilga tegishli qoldiqlardan biridagi yupqa kesmalar saraton kasalligini yo’q qilish operatsiyasi yoki “o’limdan keyingi tibbiy tadqiqotlar” belgisi bo’lishi mumkin. Olimlar tomonida ushbu bosh suyagi miloddan avvalgi 2686-2345-yillarda yashagan 30-35 yoshli erkakka tegishli boʻlgan, deb taxmin qilinadi.
O’rganilgan bosh suyaklar ichida saraton bilan kasallangan odamlar qoldiqlarining eng qadimgi davri 1,7 million yil oldin yashaganlardir. Mualliflarning fikriga ko’ra, bu topilmalar “saraton ilgari taxmin qilinganidan ko’ra ko’proq tarqalgan” degan fikrni dastaklaydi.