Mustaqil tayyorlanib “prava” olish mumkin

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport vositalarini boshqarishga oid tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga muvofiq, “A”, “A1”, “B” va “B1” toifalardagi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun talabgorlarga o‘zlari tayyorlanib, imtihon topshirishiga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Shu o‘rinda sharhlanadigan bo‘lsa, endi talabgorning transport vositasini boshqarishga tayyorligi imtihon orqali aniqlanadi va aholida maxsus kurslarni o‘tash uchun sarflanadigan vaqt hamda xarajatlar tejaladi.

Biroq bu tartib faqatgina “A”, “A1”, “B” va “B1” toifalardagi haydovchilik guvohnomalari uchundir.