“Notcoin” sotgani uchun qamalgan talabaga Notcoin hamjamiyati yangi iPhone sovg‘a qilmoqchi ekanligini bildirdi
Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga “Notcoin” sotgani uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi. U kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilgan, talabani Samsung Galaxy A30 rusumli telefoni musodara qilingan.
“Notcoin” jamoasi, bu voqea haqida xabar topganidan so‘ng, talabaning yangi iPhone olishini ta’minlash maqsadida uni topishga harakat qilmoqda. Ular Xda talabani “Qanday topish mumkin? Yangi iPhone tayyor” deb izoh yozib qoldirgan Web3_Vibesning posti ostida.
Biroq foydalanuvchilar nima sababdan bunday bo‘layotganini muhokama qilishmoqda. Ularning fikricha Notcoin” hamjamiyatining bu harakati ikkita asosiy sabab bilan izohlanishi mumkin:”
-Bu orqali jamoa, kriptovalyutalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashini va ular bilan hamjihatlikda ekanligini ko‘rsatmoqchi.
-Bu hodisani o‘z brendi uchun reklama va e’tibor qozonish vositasi sifatida ham qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkin.