“Orano” endi Nigeriya konlaridan uran qazib olmaydi – BBC
Niger harbiy hukumati dunyodagi eng yirik uran konlaridan birini ishlatish uchun Fransiyaning Orano kompaniyasiga berilgan litsenziyani bekor qildi.
Bir necha yil oldin Orano Niger shimolidagi Imurare konida ishlash uchun litsenziya olgan edi, bu konda atom energiyasi ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan taxminan 200 000 tonna uran qazib olinadi. Ammo 20-iyunl kuni Orano litsenziya Niger tomonidan bekor qilinganini maʼlum qildi. Bu Fransiya va Nigerning hukmron xuntasi oʻrtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda yuz berdi. Niger hamda qoʻshni Mali va Burkina-Fasoda hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy xuntalar Fransiyani mintaqadan siqib chiqarmoqda va Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlamoqda.
2023-yil oxirida, Fransiya prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Markaziy Osiyo uraniga qiziqish borligi bildirilgandi.