OTMlarda davlat granti taqsimlanish tartibi o’zgardi   

Endilikda talabalarga 2 xil grant beriladi. Yangi oʻquv yilidan talabalarga beriladigan grant ijtimoiy rag’batlantiruvchi va ta’lim granti turlariga ajratilmoqda.   

Ijtimoiy rag’batlantiruvchi taʼlim granti qonunchilikda belgilangan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi. Ular bu grantni to oʻqishni tugatguncha saqlab qoladi.   

Taʼlim granti esa umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga 1 yilga beriladi, keyingi yildan yana bilimli talabalarning oʻzlashtirishiga qarab taqsimlanadi.