O‘zbekiston yalpi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha dunyo reytingida 119-o‘rinni qayd etdi —  CEOWORLD Magazine jurnali

Dunyodagi eng yuqori ish haqi, reytingga ko’ra, Shveysariyada kuzatilgan – $8100. Birinchi uchlikka Lyuksemburg ($6633) va AQSH ($6455) kirdi. Eng o’tgan maosh Lesoto ($24), Angola ($27) va Malavida ($31) qayd etildi.

O‘zbekiston yalpi ish haqi darajasi bo‘yicha MDH davlatlari orasida 8-o‘rinni egalladi, mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada qayd etildi – $2159. Undan keyingi o‘rinlari Qozog‘iston ($673), Turkmaniston ($654), Belarus ($621), Armaniston ($541), Moldova ($508) va Ozarboyjon ($494) egalladi. O‘zbekistondan quyida Qirg‘iziston ($228) va Tojikiston ($169) joy olgan.