O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi namoyish etildi.
FIFA tomonidan o‘ninchi bor tashkil etilayotgan musobaqa joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaning rasmiy logotipi an’anaviy va o‘zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. “Tezlik sohiblari” konsepsiyasi asosida yaratilgan brendning mohiyati futzalning tezkor, yuqori templi va dinamik tabiatini aks ettiradi. Rasmiy logotip esa FIFAning futzal bo‘yicha Jahon kubogi sovrini shaklida tayyorlangan bo‘lib, uning yuqori qismidan to‘p va qalampir shaklidagi tasvir o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida bo‘lib o‘tadi. 26-may kuni esa Registon maydonida qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.