“Parij – 2024” olimpiada va paralimpiada o’yinlari byudjetining 96% qismi xususiy sektordan, xususan, Xalqaro olimpiya qo’mitasi, hamkor kompaniyalar va chiptalardan kelgan daromadlar asosida shakllanadi.
Mablag’lar tadbirlarni tashkil etish, sport binolari va mehmonxonalarni ijaraga olish, obyektlarni tayyorlash, delegatsiyalarni kutib olish, ishtirokchilarni transport masalalari, ochilish va yopilish marosimlari masalalariga yo’naltiriladi.

Olimpiada tashkiliy qo’mitasi tomonidan— 4,38 milliard yevro

Xalqaro olimpiya qo’mitasi tomonidan — 1,2 milliard yevro

Chiptalar va litsenziyalash mablag’lari — 1,4 milliard yevro

Asosiy hamkor tashkilotlardan — 1,226 milliard yevro

Boshqa daromadlardan — 193 million yevro

Paralimpiada o’yinlarini o’tkazish uchun — Fransiya byudjetining 4% qismi

Parij-2024 sabab, Fransiyaga ushbu yozda 15 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi, bu davlat byudjetidan sarflangan mablag’larni qoplash imkoniyati borligidan dalolat beradi!