Pogba: faoliyatimni davom ettiraman

Fransiyalik yarimhimoyachi Pol Pogba faoliyati kelajagi haqida so‘zlab berdi. 2 yil avval futbolchining doping testi natijalari ijobiy chiqqanidan so‘ng u FIFA tomonidan 4 yilga futboldan chetlashtirilgan edi.

“Men hali ham futbolchiman. “Men nafaqaga chiqaman”, “men tugatdim”, degan gaplarga ishonmang. Men karyeram uchun kurashmoqchiman. Menda qaytib kelishga ajoyib ishtiyoq bor, o‘zimni professional bo‘lishni xohlaydigan boladek his qilyapman. Men mashg‘ulot o‘tayapman, maydonga qaytish uchun qo‘limdan kelganini qilaman”.

Ba’zi ishonchli fransuz manbalarida uning terma jamoadan chaqiruv olgani haqida yozishgan edi.