Qabul yakunlandi. Joriy yilda avvalgi yillarga nisbatan kam abituriyent ro’yxatdan o’tgan

2024 – 2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Avvalgi yillarda:

2023-yilda – 1 018.000 nafar, 2022-yilda – 1 214 232 nafar; 2021-yilda – 948.000 nafar; 2020-yilda – 1 484 085 nafar; 2019-yilda –1 066 925 nafar;. 2018-yilda – 675 049 nafar; 2017-yilda – 729 950 nafar; 2016-yilda – 663 304 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti: Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 45 655 nafar; Andijon viloyati — 67 688 nafar; Buxoro viloyati — 45 583 nafar; Farg‘ona viloyati — 83 837 nafar; So‘x tumani — 1 962 nafar; Jizzax viloyati — 48 276 nafar; Namangan viloyati — 58 268 nafar; Navoiy viloyati — 48 437 nafar; Qashqadaryo viloyati — 89 188 nafar; Samarqand viloyati — 93 092 nafar; Sirdaryo viloyati — 30 074 nafar; Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) — 39 498 nafar; Surxondaryo viloyati(Denov tumani) — 22 756 nafar; Toshkent shahri –161 369 nafar; Xorazm viloyati — 58 596 nafar. Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti: joriy yil bitiruvchilari –410 334 nafar, avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 945 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: erkaklar — 431 806 nafar; ayollar — 462 473 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: o‘zbek tili –784 458 nafar; rus tili — 84 774 nafar; qoraqalpoq tili — 22 534 nafar; boshqa tillar — 2 513 nafar

Eslatma! Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu sababdan yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlarda to‘lovga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.